BOLERO
BOLERO (ispancha bolero) — ispan xalq raqsi. Sur’ati o’rtacha, o’lchovi 3/4. Bolero odatda gitara va baraban jo’rligida ijro etiladi, raqsga tushuvchilar kastanetalarda murakkab ritmlarni chalib, ba’zan qo’shiq ham aytishadi. Yakka, juft va boshqa turlari mavjud. Bolero taxminan 1780 yilda paydo bo’lgan, ispan xalq bayram sayillarida ijro etilgan. 19-asrda kompozitorlarning sahna asarlari (xususan, opera va balet) ga kiritilgan, keyinchalik mustaqil musiqa asari (F. Shopen, I. Albenislarning fortepiano kuylari, M. Glinka, A. Dargomijskiy, L. Deliblarnint romanslari va boshqalar) sifatida ham rivoj topgan. O’zbekistonda Nayuiy nomidagi opera va balet teatrida M. Ravelning mashxur “Bolero” asari asosida balet sahnaga ko’yilgan, kompozitor S. Karimxo’jaevning “M. Ravel xotirasiga” deb nomlangan xoreografik poemasi (1974) aynan mazkur asariga taqlidan yuzaga kelgan.