BOLGAR TILI
BOLGAR TILI — bolgarlar tili. Slavyan tillari (Janubiy guruhi) ga mansub. Bolgar tilida 7,85 million kishi so’zlashadi (1992). Bolgar tili boshqa slavyan tillaridan o’ziga xos talaffuz me’yoriga ko’ra farqlanadi; “sht” va “JD” qorishiq tovushga ega. Hozirgi adabiy Bolgar tili 16-asr 2-yarmidan shakllangan, 19-asr 2-yarmiga kelib to’liq qaror Yettisuvdan topilgan bolbollar (4-8-asrlar) topgan. Bunga shimoli Sharqiy bolgar shevalari asos bo’lgan. Yozuvi yunon grafikasi asosidagi kirillitsa alifbosida.