BOLIVIYALIKLAR
BOLIVIYALIKLAR (o’zlarini Bolivianos deb ataydilar) — xalq, Boliviyaning asosiy aholisi. Boliviyada (3 million kishi), Argentinada (150 ming kishi), Braziliya, AQSh, Peru va Chilida ham yashaydilar. Umumiy soni 3,2 million (1992). Boliviyaliklarni kanichana, kayuvava nomli indeys xalqlari; ispan-indeyslardan tarqalgan metislar (Cholo); qisman ispanlardan tarqalgan kreollar tashkil qiladi. Ispan va guarani tilisy gaplashadilar. Dindorlari — katoliklar. Asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar.