Bo’ljar

Bo’ljar (turkcha-mo’g’ulcha)-1) XIII-XIX asrlarda Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi turkiy saltanatlar harbiy qismlarining kelishuvga muvofiq yig’iladigan joyi, va’dagoh. Miod vaqti va miod yeri kabi ma’nodoshlari ham qo’llanishda bo’lgan. Har bir Bo’ljar tajribali va salohiyatli beku amirlar tomonidan boshqarilgan.