BOLSHEVIZM

BOLSHEVIZM — 1903 yili Rossiyada vujudga kelgan siyosiy avantyuristlar va hokimiyatparastlarning o’ta reaksion partiyasi mafkurasi, insoniyat uchun zararli va xavfli bo’lgan siyosiy hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruvining vayronkor shakli. Uning asoschisi, nazariyotchisi, g‘oyaviy rahbari va rahnamosi V.I.Ul‘yanov (Lenin) edi. Bolshevizm o’tgan asr boshlarida Rossiyada bolshevistik partiya rahbarligida siyosiy hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruning g’oyaviy, trategik, taktik va tashkiliy prinsiplari va vositalari sifatida amal qildi. Bolshevizm terror, zo’ravonlik, ekstrimizm, bosqinchilik va insonlarni talashning avj olishi, quturishi va haddan oshishi, bu qamoq, konslager, qatag’on va surgunlardan iborat ekanini sobiq sovet tuzumi ko’rsatdi. Bu vayronkor mafkuraning qullarcha mehnat, vahshiyona ekspluatatsiya, ochlik, qahatchilik, kasallik, insonlarning bevaqt o’limi ekaniga postsovet hududidagi xalqlar tarixi guvoh.