BOQI RAHIMZODA

BOQI RAHIMZODA (1910. 5. 10 Dushanba — 1980) — Tojikiston xalq shoiri (1974). “Tuhfa”, “Hayot va so’z” (1954), “Chashma” (1957), “Hayot bahori” (I960), “She’rlar” (1963) va boshqa asarlarida tojik xalqi hayoti, o’z zamondoshlarining mehnatdagi fidokorligi, o’y-kechinmalari va tashvishlari tarannum etiladi. Boqi Rahimzoda dramaturgiya sohasida ham salmoqli ijod qilgan. “Ta’rifxo’jayev qissasi” (Dehotiy bilan hamkorlikda, 1953) komediyasi, “Tilga kirgan chinor” (1955), “Oltin beshik” (S. Saidmurod bilan hamkorlikda, 1956) pyesalari tojik teatrlari repertuaridan urin olgan. “O’tilgan yo’l” (1967) she’rlar to’plami, “Orzu bahori” turkum asarlari uchun Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Boqi Rahimzoda G’afur G’ulom, Uyg’un, Zulfiya va boshqa o’zbek shoirlari asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Uning “Tarona” nomli she’rlar to’plami o’zbek tilida bosilgan (1968).