BOQIY JARROH

BOQIY JARROH Samarqandiy (16-asr, Samarqand —17-asrning boshi, Hisor) — tabib, sozanda, Hofiz, bastakor. Musiqa ilmi va boshqa bilimlarni otasidan o’rgangan. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, keyinchalik Kavkabiyga shogird bo’lgan. Sulton Saidxon saroyida musiqachi va tabib vazifalarini bajargan. Bir qancha musiqa asarlari (jumladan, Navo va Rost maqomlari hamda Segoh sho’basi ohanglari asosida naqsh, peshrav, amal va boshqalar)ni yaratgan. Umrining oxirlarida Hisor hokimi Temurxon saroyida yashagan.