Bo`r
Bo`r — cho`kindi tog` jinsi. Mayda zarrali, oq rangli yumshoq ohaktosh. Bo`r, asosan, kalsitdan va organizmlarning ohakli skletlaridan tuzilgan. Bo`rdan oynasozlikda, sement ishlab chiqarishda, qand, rezina, qog`oz, metallurgiya va kimyo sanoatlarida, tibbiyotda va parfyumeriya sanoatida foydalaniladi.