BORGIDRIDLAR

BORGIDRIDLAR, boranatlar, girdid oboratlar — borning kompleks birikmalaridan bir turi, umumiy formulasi Me(VN4)p, bu yerda Me — metall, ishqoriy metallarning boranatlari yetarlicha barqaror kristall moddalar, kuchli qaytaruvchilardir; Borgidridlar organik kimyoda dorilar, vitaminlar, steroid preparatlar, yuqori dispers katalizatorlar, metall va sopol yuzasi uchun metall qoplamalar tayyorlashda, yarimo’tkazgich ishlab chiqarishda qo’llaniladigan germaniy, qalay, margimush, surma gidridlari olishda ishlatiladi.