BORJOMI DARASI

BORJOMI DARASI — Gruziyadagi chuqur dara. Kichik Kavkazning Mesxeti va Trialeti tizmalari oralig’ida. Daradan Kura daryosi oqib o’tadi. Uzunligi 60 kilometr, chuqurligi 1500 metr. Yon bag’irlarida keng bargli va igna bargli daraxtlar o’sadi. Darada Borjomi kurorti joylashgan.