BORODINO JANGI

BORODINO JANGI — 1812 yilgi Frantsiya-Rossiya urushi davridagi jang (26 avgust). Moskvadan 124 kilometr g’arbdagi Borodino qishlog’i yaqinida bo’lgan. Jang arafasida rus armiyasida 155 ming askar, 640 to’p, frantsuz armiyasida esa 133,8 ming askar, 587 to’p bor edi. Bu jangda M. I. Kutuzov qo’mondonligidagi rus qo’shinlari mustahkam pozisiyani egallab, qattiq mudofaa janglari olib borib, Napoleon I ning rus armiyasini hal qiluvchi jangda tormor qilish rejasini barbod qildilar. Borodino jangida frantsuzlar 50-58 ming kishi, ruslar 45,6 ming kishi yo’qotganlar.