BORODINO XAZINASI

BORODINO XAZINASI — jez davoni yodgorligi (miloddan avvalgi 14-13-asrlar). Bessarabiya xazinasi nomi bilan ham yuritiladi. 1912 yil Belgorod-Dnestrovskiy shahri yonidagi Borodino qishlog’i yaqinidan topilgan. Borodino xazinasi asosan kumush buyumlarga oltin suvi bilan ishlov berilgan qurolaslahalardan iborat. Ular qabila boshlig’i yoki lashkarboshiga tegishli bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi. Borodino xazinasi jangovar tosh boltalari shakl jihatidan Kavkaz boltalarini eslatadi. Borodino xazinasi nayzalariga o’xshash nayzalar Volga bo’yi, Kavkaz va G’arbiy Sibirdagi jez davri yodgorliklarida uchrab turadi. Borodino xazinasi gurzilari ko’proq qora dengiz bo’yi va Kavkaz qabilalarining gurzilarini eslatadi. Bu o’xshashliklar jez davrida yashagan Bessarabiya qabilalarining Qora dengiz shimoli, Kavkaz, Volga bo’yi va G’arbiy Sibir rayonlari, shuningdek Bolqon yarim orol qabilalari bilan madaniy aloqada bo’lganligidan dalolat beradi. Borodino xazinasi buyumlari Moskvadagi Tarix muzeyida saqlanadi.