BO’RONOV JAMOLIDDIN
BO’RONOV JAMOLIDDIN (1933.10.9, Shahrixon tumani) — tilshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989). Filologiya fanlari Doktori (1981), professor (1983). Andijon pedagogika bilim yurtini (1952), Toshkent chet tillar pedagogika institutini (1956) tugatgan. Shu institutda o’qituvchi (1956 — 57), katta o’qituvchi, dekan o’rinbosari (1961-62), dotsent, kafedra mudiri (1962-68; 1970-84), rektori (1984-1992 yil 15 may). 1992-2002 yillar O’zbekiston jahon tillari universiteti rektori. 2002 yildan shu universitetning tillar tipologiyasi, germanistika va ingliz tili tarixi kafedrasi mudiri. Bo’ronovning asosiy ilmiy ishlari German va turkiy tillarning diaxronik hamda sinxronik rivojidagi o’ziga xoeliklarni tipologik tahlil qilishga, german va turkiy tillar leksikografiyasi masalalariga bagishlangan. “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan (1997). As: Ipglich va uchbek tillari qiyosiy gram-matikasi (Nachariy kurs), T., 1973 (hamkorlikda).