BOSFOR

BOSFOR (turkcha qora dengiz bo’g’ozi, Yunoncha Bosporos) — qora dengiz bilan Marmar dengizini tutashtirgan bo’g’oz; Yevropa bilan kichik Osiyo yarim oroli o’rtasida; uzunligi 30 kilometrga yaqin, eni o’rtacha 2 kilometr. Qadimgi daryo vodiysi bo’lib, antropogen davrida dengiz suvi bosgan. Bosfor qirg’oqlari baland, tik va manzarali. Chuqurligi 33 metrdan 80 metrgacha. Qulay tabiiy gavanlari ko’p, eng yaxshisi Yevropa sohilidagi Xalich (Oltin muguz) gavani; Osiyo sohilida Istanbul shahri joylashgan, uning portidan Bosforni kesib o’tuvchi avtomobil ko’prigi (uzunligi 2,8 kilometr) qurilgan. Bosforda 2 oqim bor: ustki oqim nisbatan chuchuk (sho’rligi 18%o) bo’lib, Qora dengizdan marmar dengiziga oqadi; ostki oqim ancha sho’r (38%o), marmar dengizidan qora dengizga tomon oqadi.