BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI

BOSHQARILADIGAN KAPITALIZM NAZARIYASI — iqtisodiyotni, jum. kapitalistik xo’jalik yuritish tizimini davlat yo’li bilan boshqarishni asoslaydigan nazariya. 1929-33 – yillarda AQSHda ro’y bergan Buyuk tanglik – iqtisodiy inqiroz va kapitalizmning aralash iqtisodiyotga o’sib o’tishi jarayoni Boshqariladigan kapitalizm nazariyasini vujudga keltirdi. Bu nazariyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns hisoblanadi.