BOSHQARISH MEXANIZMLARI
BOSHQARISH MEXANIZMLARI — ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish uchun mo’ljallangan qurilmalar. Masalan, paxta titish avtomatida paxtaning qalinligi bir xil bo’lishini ta’minlaydigan mexanizm; Avtomat to’quv dastgohida ip uzilganda dastgohni to’xtatuvchi moslama va boshqalar. To’qimachilik, mashinasozlik va yengil sanoatda, metallurgiya, qishloq xo’jalik va boshqa sohalarda texnologiya jarayonlarining ma’lum dastur asosida borishini ta’minlash uchun qo’llaniladi.