BOSHQARISHDAGI MA’MURIY BUYRUQBOZLIK USULI

BOSHQARISHDAGI MA’MURIY BUYRUQBOZLIK USULI, buyruqbozlik iqtisodiyoti — iqtisodiyotni tashkil etish usullaridan biri. Bu usulda hukumat resurslarni markazlashtirgan holda taqsimlaydi, ayrim shaxslar hamda korxonalarga o’z qarorlariga muvofiq faoliyat ko’rsatish majburiyatini yuklaydi.