BOSHQORONG’ILIK
BOSHQORONG’ILIK — bo’yida bo’lgan (homilador) ayol organizmida ro’y beradigan o’zgarishlar ifodasi; ishtaha yo’qolishi yoki zo’rayishi, shuningdek nordon, achchiq, sho’r narsalarni qo’msash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni ko’ngil tusashi; o’qtino’qtin ko’ngil aynishi, qusish, so’lak oqishi; piyozdog’, atir, tamaki va hokazolar hidini yoqtirmaslik, ran ko’tara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning o’zgarib turishi. Bunday hollarda ayol (ayniqsa, qusayotgan) akusher-ginekolog vrachdan tegishli maslahat olishi kerak.