BOSQUNCHOQ

BOSQUNCHOQ — Rossiya Federatsiyasi Astraxon viloyatidagi tuzi tagiga cho’kib turadigan sho’r ko’l. Volga daryosidan 50 kilometr Sharqda. Katta Bogdo tog’i yaqinida. Maydoni 106 kilometr kvadrat. Bosqunchoq okean sathidan 19,5 metr past. Bosqunchoq o’rni tektonik yo’l bilan paydo bo’lgan. Ko’lga ko’pdan ko’p sho’r buloqlar va jilg’alar quyiladi. Bosqunchoqdan tuz qazib olinadi.