BOSTIRIQ

BOSTIRIQ 1) to’quvchilikda kudung (to’qmoqsimon yog’och asbob) urilgan atlasga tak berish (buklash) uchun uni taxtakach orasiga olib, ustidan tosh bostirib qo’yish. Ilgari atlas qo’lda kudunglanar edi. Atlasni mashina (kalandr)da silliqlashga ko’chilgach, Bostiriq usuli qolib ketdi; 2) tikuvchilikda kiyim chokini bostirib tikish. Bostirma chok—kiyim choklari ustidan yana bir bostirib tikilgan chok. Masalan, Burma ko’ylakning ko’krak yoki paltoning eng va yoqa choklari ustidan yana bir bor yurgizilgan chok bostirma chok hisoblanadi.