BOYKOT
BOYKOT (ing. Boycott) — ingliz boshqaruvchisi Ch. K. Boykot nomidan olingan, 1880-yilda unga qarshi birinchi marta mazkur chora qo’llanilgan edi. Siyosiy va iqtisodiy kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni to’liq yoki qisman to’xtatish, masalan, ishga yollanish, shu korxona mahsulotini xarid qilishdan voz kechish kabilarni taqozo etadi. 2) Xalqaro munosabatlarda, BMT Ustaviga ko’ra – tinchlikni saqlash maqsadida (qurolli kuchlarni ishlatmay turib) ko’riladigan majburiy choralardan biri. Davlatning bironbir davlat yoki bir guruh davlatlar bilan munosabatlarni saqlab turishdan voz kechishi. 3) (Ko’chma ma’noda) biror narsaga norozilik belgisi sifatida biror kimsa bilan munosabatlarni uzish.