Bo`z suv

Bo`z suv – loyqa, sariq tusli suv. Daryo yumshoq jinslarni, ayniqsa lyossni, lyossimon gilni yuvib oqqanda, uning suv yig`adigan havzasida shiddatli yomg`irlar yoqqanda suv bo`z rangda bo`ladi. Ba’zan geografik nom sifatida ham qo`llaniladi. Masalan, Bo`zsuv.