Bo`z tuproq

Bo`z tuproq – O`rta Osiyo re- publikalarida dengiz sathidan 300-1600 m balandlikdagi tog` etaklari tekisliklarida ko`p uchraydigan tuproq. Asosan, lyoss, lyossimon yotqiziqlar, shuningdek, chag`irtoshli, shag`alli prollyuvial hamda delyuvial cho`kindilar ustida paydo bo`lgan. Bo`z tuproq uch xil – och tusli, tipik va to`q tusli bo`ladi. Och tusli bo`z tuproq dengiz sathidan 300-700 m, ayrim yerlarda 1000-1100 m balandlikda uchraydi. Mirzacho`l, Nurota, Zarafshon, Hisor tog` tizmalarining qiya tekisliklari, Farg`ona vodiysidagi adirlar, Qashqadaryo, Surxondaryo va Vaxsh daryolari vodiylarida ko`p. Bu tuproqda chirindi kamroq (1,50%). Tipik bo`z tuproq dengiz sathidan 1200 m gacha balandlikda bo`lib, asosan, Aris, Keles, Chirchiq va Ohangaron daryolarining yuqori qismi, Farg`ona vodiysi, Zarafshon tog` etagi tekisliklari, Kitob – Shahrisabz tog` oralig`i, Surxondaryo, Kofirnihon, Vaxsh vodiylarining yoqori qismlari va Kopetdog`ning tog` etagi qiyaliklarida ko`p uchraydi. Chirindisi 3% va undan ko`proq. To`q tusli bo`z tuproq dengiz sathidan 1400 m gacha balandlikda joylashgan bo`lib, Turkiston, Oloy, Nurota va Zarafshon tog` tizmalarida ko`p uchraydi. Bu tuproq Chimkent, Chirchiq va Ohangaron vodiylarining sug`oriladigan yuori qismlarida, Sharqiy Farg`onada ko`p uchraydi. Hisor vodiysida esa kam, chirindi 3-4%. Bo`z tuproqga organik va mineral o`g`itlar solish yaxshi natija beradi.