BOZE EYNSHTEYN STATISTIKASI

BOZE EYNSHTEYN STATISTIKASI — butun son spinli Ayniy zarralar (bozonlar) tizimiga tatbiq qilinadigan kvant statistika. Hind fizigi Sh. Boze va nemis fizigi A. Eynshteyn tomonidan yaratilgan (1924). Unga asosan har bir kvant holatda zarralar soni ixtiyoriy bo’ladi. Keyinchalik V. Pauli zarralar soni zarralar spiniga ham bog’liq bo’lishini (zarralar sistemasi holatini) ko’rsatdi. Boze Eynshteyn statistikasiga bo’ysunuvchi zarralar sistemasi holati simmetrik funktsiya bilan aniqlanadi. Boze Eynshteyn statistikasi qattiq jismlarning issiqlik sig’imiga, qora jismning nurlanish nazariyasiga tatbiq qilinadi.