BOZOR INFRASTRUKTURASI

BOZOR INFRASTRUKTURASI – bozor iqtisodiyoti uchun xizmat ko’rsatuvchi har xil sohalardan iborat. Unga banklar, tijorat banklari, birjalar, savdo uylari, tashqi savdo firmalari, davlatning tashqi savdo mahkamalari, soliq undiruvchi tashkilotlar, tijorat va sohibkorlik idoralari, vositachi firmalar, savdo-sotiq uyushmalari, konsorsium va boshqalar kiradi. Bozor infrastrukturasi tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga sherik topishga, ishchi kuchi yollashiga yordamlashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. Bozor infrastrukturasi faqat davlat idoralari emas, balki mustaqil uyushma, tashkilot va firmalardan ham iborat bo’lib, ular ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.