BOZOR MUHOFAZASI
BOZOR MUHOFAZASI – milliy bozorning yoki ayrim tovarlar bozorining davlat tomonidan eksport-importni tartibga soluvchi tadbirlari vositasida himoya qilishi. U chetdan tovar keltirishni cheklash, taqiqlash yoki boj to’lovini oshirish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli boj to’lovlari o’zgarib turadi. Bir necha mamlakat uchun umumiy bozor hosil bo’lgach, bozor muhofazasi uchun o’rin qolmaydi.