BOZOR MUVOZANATI

BOZOR MUVOZANATI – bozor iqtisodiyoti sharoitida talab, taklif va narxlarning o’zgarib turishi sotuvchilarning sotishga tayyor turgan tovarlarining miqdori xaridorlar talabi miqdoriga tenglashguniga qadar davom etaveradi. Bunday holda talab narxi taklif narxiga teng bo’ladi, talab va taklif hajmi esa ko’paymaydi ham, kamaymaydi ham. Bozorda bunday taklif bozor muvozanati shu sharoitda sotiladigan va sotib olinadigan tovarlar hajmi esa miqdor muvozanati deyiladi. Agar shunday muvofiqlik bo’lmasa, bozor muvozanati izdan chiqqan hisoblanadi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining me’yordagi holati, faoliyatini yo’qotadi.