“BOZOR, PUL VA KREDIT”

“BOZOR, PUL VA KREDIT” (“Rinok, dengi i kredit”) — O’zbekistondagi bank xodimlari, tadbirkor va ishbilarmonlarning ilmiyamaliy oylik jurnali. Toshkent shahrida 1996 yil sentabrdan o’zbek va rus tillarida nashr etiladi. Muassislari: O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O’zagrosanoatqurilishbank”, “Paxtabank”, “Tadbirkorbank”, “O’zsavdogarbank”, O’zbekiston Respublikasi Xalq banki, “O’zaviabank”, “Trastbank”, “G’allabank”, “Turon” banki, “Aloqabank”, “Zamin” banki va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar hamda ularning mijozlari faoliyatini yoritadi. Asosan, O’zbekiston pulkredit tizimining shakllanishi, tijorat banklarini boshqarish, investitsiya faoliyatini faollashtirish, bank xizmatlarining yangi shakllarini joriy etish, kreditlardan samarali foydalanish, shuningdek soliq, xususiylashtirish, ko’chmas mulk kabi iqtisodiy masalalarda turli sharhlar va xabarlar, maslahatlar hamda boshqa materiallar beradi. Adadi rus va o’zbek tilida 4300 nusxa (2000).