BOZOR SEGMENTI
BOZOR SEGMENTI (lotincha segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga ko’ra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining xarid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal ko’rishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyasiya darajasi, bozor infratuzilmasi va boshqa belgilar asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. O’z navbatida bozorda qanday valyutaning yurishi, nimaning yaxshi sotilishi, xaridorlarning odatan’analari va fe’l-atvorlari, xarid qobiliyatiga muvofiq bozorga tovar yetkazib turiladi. Bozor segmenti orqali tovarlarni kam sarf xarajatlar bilan yaxshi narxda sotish imkoni yaratiladi.