BO’ZSUV GES
BO’ZSUV GES — O’zbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiya. Toshkentning Bo’zsuv kanalida 1923 yilda qurilishi boshlanib, 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Quvvati 4 ming kVt. 30-yillarda uning quvvati O’zbekistonda mavjud bo’lgan barcha GESlardan yuqori bo’lgan va Toshkent sanoat korxonalari, shahar transporti va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo’ddi. Hozir Bo’zsuv GES to’la avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.