BRADIKARDIYA

BRADIKARDIYA (Yunoncha bradys — sekin va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining sekinlashishi, yurakning sekin (1 minutda 60 dan kam) urishi. Sog’lom kishilarda (masalan, sportsmenlarda) ham kuzatiladi, ko’proq yurakning ayrim kasalliklari (yurak blokadasi, sinus tugun kasalliklari va boshqalar) belgisi bo’lishi mumkin. Och yurish, ba’zi zaharlanishlar, yurak glikozidlarini suiiste’mol qilish ham Bradikardiyaga sabab bo’ladi. Bradikardiyani bartaraf etish uchun eng avval uni keltirib chiqargan kasallik davolanadi.