BRAGUYLAR
BRAGUYLAR — Pokistondagi xalq. Asosan balujiston va sind viloyatlarida (750 ming kishi), Eron va Afg’onistonda ham yashaydi. Umumiy soni 835 ming kishi (1992). Braguy tilida so’zlashadi. Dindorlari — musulmon sunniylar. Balujistonni inglizlar bosib olguniga qadar Braguylar bu o’lkada hukmron elat bo’lib, ular orasidan 1666 yildan baluj va braguy qabilalari Konfederatsiyasini boshqargan Kalat xonlari kelib chiqqan.