BRAMANTE (BRAMANTE) DONATO

BRAMANTE (BRAMANTE) DONATO (1444, Monteazdrualdo, Urbino yaqinidagi hozirgi Ferminyano — 1514.11.3, Rim) — italiyalik me’mor. Uyg’onish davri me’morligining yirik vakili. Dastlab rassom sifatida ijod qilgan. Bramante 1477 yildan Milanda yashab, Sansatiro (1479-83), Santa Mariya della Grasie (1492 y.dan) va boshqa cherkovlarni qayta qurgan. 1499 yil Rimga ko’chib, bu yerda Uyg’onish davri uchun xos bo’lgan eng muhim asarlarini yaratgan: 1500— 04 yillarda Santa Mariya della pache monastiri hovlisidagi Sanpetro in Montorio (Tempetto) butxonasini kurgan. 1514 yilgacha Avliyo Pyotr sobori loyihasi ustida ishlagan. 1503 yilda Vatikan saroyi majmuasini qayta qurishda qatnashgan (Belveder va Sandamazo binolari saqlanib qolgan). Bramante ijodi Yevropa me’morligining rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.