BRANDMAUER

BRANDMAUER (nemischa Brandmauer, Brand — yong’in, Mauer — devor) — yongan binoning boshqa qismlariga tarqalmasligi uchun bino qismlarini bir-biridan ajratib turadigan tomdan baland g’isht devor. Oson yonuvchan material bilan yopilgan tomdan kamida 60 santimetr, boshqa tomlardan esa 30 santimetr baland qurilishi lozim. Uzun binolarda ko’ndalangiga bir necha Brandmauer quriladi.