BRANXIYLAR

BRANXIYLAR — Milet shahri yaqinida joylashgan didimeyon ibodatxonasidagi Apollon orakuli (ibodat qiluvchilar go’yoki o’z savollariga Tangri javobini oladigan, shuningdek uning bashoratidan voqif qilinadigan maxsus joy)ni boshqargan kohinlar sulolasi. Yunon afsonalariga ko’ra, delfalik Branx ularning bobokaloni bo’lgan. Axomaniylar Poashoxs Kserks (Xshayarshan) Yunonistonga yurish qilganda Branxiylar mazkur ibodatxona xazinasini unga in’om qilishgan. Ammo, Kserks bu urushda mag’lub bo’lgach, o’z vatandoshlarining intiqomidan qo’rqib, shoh bilan birga Eronga kelganda, undan doimiy yashashlari uchun joy so’ragan. Shunda Kserks Branxiylarni shimoliy Baqtriyaga, Oks (Amudaryo) bo’yiga jo’natgan (taxminan miloddan avvalgi 480). Ular tayinlangan yerga kelib shahar qurishgan. Mazkur shahar Iskandar Maqduniy tomonidan vayron qilinib, Branxiylar o’tmishdagi xiyonatlari uchun qatli om etilgan.