BREMSBERG

BREMSBERG (nemischa Bremse — tormoz va Berg — tepalik) — 1) yuqori gorizontdagi foydali qazilma mexanik qurilma yordamida pastki gorizontga tushiriladigan qiya yer osti yo’lagi; 2) yukni vagonetkalarda qiya temir yo’ldan pastga tushiradigan qurilma. Vagonetkalar sim arqon (kanat) ning ikki uchiga mahkamlab qo’yiladi. Sim arqon tormozli shkivga kiydiriladi. Yukli vagonetkalar o’z og’irligi bilan pastga tushganda bo’shagan vagonetkalar yuqoriga ko’tariladi. Bremsbergdan o’rmon xo’jaligida, kon ishlarida, qurilish va boshqa ishlarida foydalaniladi.