BRENTANO (BRENTANO) LUYO
BRENTANO (BRENTANO) LUYO (1844. 18.12—1931.9.9) — nemis iqtisodchisi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muhbir a’zosi (1895), 1871 yildan Breslavl, Strasburg, Vena, Leypsigda, 1891 yildan Myunxenda professor. Ko’plab ilmiy tadqiqotlari ishchilar harakati, iqtisodiyot tarixi, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat masalalariga bag’ishlangan. Brentano sinfiy kurashni inkor qilib, ijtimoiy ziddiyatlarni islohotlar yo’li bilan, jumladan fabrika qonunchiligi va islohotchi kasaba uyushmalari tashkil etish yo’li bilan bartaraf etish mumkin deb hisoblagan.