BREST SULHI

BREST SULHI (1918.3.3) sovet Rossiyasi bilan Germaniya, Avstriya Vengriya, Bolgariya, Turkiya o’rtasida tuzilgan sulh bitimi. Unga ko’ra, Germaniya Polsha, Boltiqbo’yini, Belorussiya va Zakavkazening bir qismini bosib oldi, 6 milliard marka miqdorida kontributsiya undirdi. Sovet Rossiyasi sho’ro hukumatini saqlab qolish maqsadida Brest sulhini tuzishga rozi bo’ldi. N. I. Buxarin boshchiligidagi “so’l kommunistlar” guruhi Brest sulhiga qarshi chiqdi. Brest sulhi 1918 yil 13 noyabrda, Germaniyada inqilob bo’lganidan keyin sho’ro hukumati tomonidan bekor qilindi.