BRETTONVUDS BITIMI
BRETTONVUDS BITIMI 1944 yil 1-29 iyulda 44 mamlakat ishtirokida BrettonVuds (AQSh)da o’tkazilgan valyutamoliya konferentsiyasida imzolangan bitim. Xalqaro valyuta fondi (XVF) va xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini tuzish loyihalari to’g’risidagi bu konferentsiyada xalqaro valyuta fondi va xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ustavlarining tarkibiy qismi bo’lgan “yakunlovchi hujjat” imzolandi. BrettonVuds bitimiga ko’ra, xalqaro valyuta fondi a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’z valyutalari kursini AQSh dollari yoki oltinda belgilashga o’tdilar. Bu bitim asosida shakllangan BrettonVuds valyuta tizimi 70-yillar boshiga qadar amalda bo’ldi. 1971 yildan G’arbiy Germaniya markasi va Gollandiya guldeni kurelarining erkin belgilanishi hamda AQSh dollarni rasmiy kurs buyicha oltinga almashtirishdan bosh tortishi natijasida bu tizim barham topdi.