BREXT (BRECHT) BERTOLT
BREXT (BRECHT) BERTOLT (1898.10.2, Augsburg — 1956.14.8, Berlin) — nemis yozuvchisi, rejissyor. 1933-47 yillarda muhojirlikda. “Berliner ansambl” teatriga asos solgan (1949). Falsafiy-satirik pyesalari zamonaviy, tarixiy va mifologik mavzularda yozilgan. “Uch pullik opera” (1928 yilda sahnalashtirilgan, 1931 yilda chop etilgan), “Kuraj ona va uning bolalari” (1939 yilda yozilgan, 1941 yilda nashr etilgan), “Galiley hayoti” (1938-39 yillarda yozilgan, 1955 yilda nashr etilgan), “Sezuanlik saxiy odam” (1938— 40 yillarda yozilgan, 1943 yilda nashr etilgan) va boshqa asarlarida zamonaviy dolzarb muammolar insonparvarlik, antifashistik ruhida o’rtaga tashlangan. Brextning teatr nazariyasiga oid ishlari (“Hozirgi zamon teatri yo’lida”, “Teatrda dialektika” va boshqalar) 20-asr Yevropa teatrshunosligiga ta’sir etgan.