BREYTOVO CHO’CHQA ZOTI
BREYTOVO CHO’CHQA ZOTI — go’sht va yog’ (salo) beradigan zot. Rossiyaning Yaroslavl viloyati Breytovo tumani xo’jaliklarida mahalliy kech etiladigan cho’chqalarni yirik va o’rtacha oq, Litva oq va Daniya landras cho’chqa zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. 1948 yilda zot sifatida tasdiqlangan. Breytovo cho’chqa zoti go’shtdor, tanasi baquvvat. Bo’yni kalta, ko’kragi keng, bikini yumaloq. Voyaga yetgan erkagining tirik vazni 300— 320 kilogramm. Urg’ochi cho’chqalarining vazni 230-250 kilogramm. Har gal 10-11 bola tug’adi. Bolasining vazni 6,5—7 oylikda 90— 100 kilogrammgacha boradi. Breytovo cho’chqa zoti O’zbekistonda ham tarqalgan.