BREZENT
BREZENT (gollandcha presenning) — namga chidamli va chirishga qarshi modda (emulsiya) shimdirilgan suv o’tkazmas mato. Zig’ir tolasidan yoki zig’ir tolasi bilan paxta tolasi aralashmasidan to’qiladi. Undan chodir, plashpalatka, maxsus kiyimbosh, poyabzal tikiladi. Ochiqda saqlanadigan yuklarni, paxta g’aramlarini qoryomg’ir va quyosh ta’siridan saqlash uchun ham ishlatiladi.