BRIANSHON TEOREMASI

BRIANSHON TEOREMASI — proektiv geometriyaning muhim teoremalaridan biri. Unga ko’ra, konus kesmaga tashqi chizilgan istalgan oltiburchaklikda qarama-qarshi cho’qqilarni birlashtiruvchi to’g’ri chiziqlar bir nuqtada kesishadi. Bu nuqta Brianshon nuqtasi deb ataladi. Paskal teoremasi bilan birga Brianshon teoremasi konus kesimlarning asosiy proektiv xossalarini belgilaydi. Brianshon teoremasi frantsuz matematigi Sh. J. Brianshon (1785— 1864) nomi bilan atalgan.