BRITTLAR

BRITTLAR — kelt qabilalaridan biri. Miloddan avvalgi 8 — milodiy 5-asrlarda Britaniyaning asosiy aholisi. Brittlar anglosakslar tomonidan bo’ysundirilib (5-6-asrlar), bir qismi qirib tashlangan, bir qismi Uels, Shotlandiya va Galliyadagi Armorika yarim oroliga ko’chirilgan va bu yer Bretan deb atala boshlangan. Britaniyada qolgan qismi ingliz millatining shakllanishida muhim rol o’ynagan. “Britaniya” atamasi Brittlardan olingan.