Brizol
Brizol – 1) quvurlarni himoyalovchi o’rama; 2) neft bitumi, rezina (eskirgan shinalar), parchalari, asbest tolasi va plastifikator aralashtirilishi natijasida tayyorlanadigan material. Brizol kontsentratsiyasi mos ravishda 40% va 20% bo’lgan sulfat (oltingugurt) va xlorid kislotalar ta’siriga 60C gacha bo’lgan haroratda chidaydi. Undan yer osti metall konstruksiyalari va quvur o’tkazgichlar korroziyadan himoya qilishda foydalaniladi.