BRONEAVTOMOBIL

BRONEAVTOMOBIL — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, ba’zan to’p bilan jihozlanadi. Broneavtomobil asosan aloqa va qo’riqlash vazifalarini bajaradi. Qurollar Broneavtomobilning aylanadigan zirhli minorasiga o’rnatiladi. Broneavtomobil qurollari og’irligiga qarab yengil, o’rta, og’ir turlarga bo’linadi. Broneavtomobil ekipaji 2-6 kishidan iborat bo’ladi. Broneavtomobil 1-jahon va 2-jahon urushida qo’llanilgan. Hozirgi armiyalarda ham ba’zi turlari ishlatiladi.