BRONXOSKOPIYA

BRONXOSKOPIYA (bronx va Yunoncha Skopeo — ko’raman, tekshiraman) — hiqildoq (traxeya) va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob — bronxoskop yordamida bevosita ko’rib tekshirish usuli. Bu asbob bir uchida optik va yoritgich sistemasi bo’lgan metall naychadan iborat. Bronxoskopiya qilinganda naycha og’izdan tomoqorqali (yuqori Bronxoskopiya) yoki hiqildoqni kesib bronxlarga kirgiziladi (quyi Bronxoskopiya) Hozir Yaponiyaning “Olympus” hamda Germaniyaning “Fujinon” (Fujinon), “Karlshtors” (KarlZtorz) firmalarida ishlab chiqarilgan bronxoskoplar mavjud. Ular ob’yektni suratga olish, unga dori moddalari yuborish hamda bronx yo’lidan yot jismlarni, shuningdek undagi o’smalarni olish, kuydirish moslamalariga ega. Ularning eng zamonaviysi elektron videoendoskop va skanner bilan birga endoskopiya qiladigan apparatdir; bu apparatlar bilan Bronxoskopiya qilinganda teleekranda rangli tasvir hosil bo’lib, atrofdagi to’qimalarni ultratovush tekshiruv ma’lumotlari ham ekranda ko’rinadi. Bronxoskopiya kasallikni aniqlash hamda davolash maqsadida qo’llaniladi. Bronxoskopiya qilishdan oldin bemorning umumiy ahvoli, kasallik holati obdan tekshiriladi. Shu bois davo Bronxoskopiyasi bir necha bosqichda olib boriladi. Bronxoskopiya zaruriyati tug’ilganda vrach ruxsati bilan qilinadi.