BRONZA KASALLIGI

BRONZA KASALLIGI, Addison kasalligi — buyrak usti bezi po’stloq qavati faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik; birinchi bo’lib ingliz vrachi T. Addison tasvirlab bergan (1849). Asosan 20-40 yashar kishilarda uchraydi; kasallikka buyrak usti bezi o’smasi, sil, zaxm, amiloidoz va boshqalar sabab bo’ladi. Bronza kasalligi asta-sekin avj oladi, darmonsizlik, tez toliqish, gipotoniya (qon bosimining tushib ketishi), bosh og’rig’i, xotiraning susayishi, organizmda suvtuz almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Gormonlar bilan davolash, bemorning ovqati osh tuzi va vitaminlarga boy bo’lishini ta’minlash kasallikning ancha yengil kechishiga olib keladi.