BRUKIT

BRUKIT [inglizcha mineralogi G. J. Bruk (1771-1857) nomidan] — soda oksidlar kenja sinfiga mansub mineral, TiO2 ning uchta tabiiy polimorf modifikasiyasidan biri. Ba’zan tarkibida temir va niobiy qo’shimchasi bo’ladi. TiO6 ning oktaedr guruhidan tuzilgan, umumiy bog’lam bilan tutashgan varaqsimon hamda prizma shaklida. Romb sistemada kristallanadi. Rangi sarg’ishqo’ng’irdan qizg’ish ko’ng’irgacha. Olmos kabi yoki metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 6-6,5; Sof og’irligi 3,9—4. Kristallari oltin sochmalarida va Alp tipidagi yertomirlarda, gidrotermal metamorfik jinslarda, ba’zan pegmatitlarda uchraydi. 700° gacha qizdirilganda rutilga aylanadi. RF (Ural), Shveytsariya, Frantsiya, Avstriya, AQSh va boshqa joylarda konlari bor. O’zbekistonda Chatqol—Kurama tog’laridagi o’zgargan granitoidlarda topilgan.