BRUNO (BRUNO) JORDANO FILIPPO

BRUNO (BRUNO) JORDANO FILIPPO (1548, nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. Bruno xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini o’rgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy ko’z bilan qarab, har bir masala bo’yicha o’zining mustaqil fikrlarini qarama-qarshi qo’yadi. Ba’zan uning bunday mustaqil g’oyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun inkvizisiya tomonidan qattiq ta’qib qilindi. Bruno ta’qibdan qochib Neapoldan Rimga o’tdi, so’ngra Shveytsariya, Frantsiya, Angliya, Germaniyada yashadi. Universitetlarda astronomiya, falsafa va mnemonika, ya’ni xotirani rivojlantirish san’atidan ma’ruzalar o’qidi. Sxolastik falsafaga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozdi. O’z ta’limotini “Nola falsafasi” deb atadi. 1592 yilda rohiblar uni aldab Venetsiyaga taklif qildilar va inkvizisiya qo’liga topshirdilar. Bruno dahriylik (ereslik)da ayblanib, 8 yil qamoqda yotdi. Lekin o’z dunyoqarashidan qaytmadi. Katolik cherkovi Brunoni gulxanda yoqib yubordi. Brunoning dunyoqarashi yunon faylasuflari, N. Kopernikning geliosentrik sistemasi ta’sirida shakllandi. U geliosentrik g’oyani yanada rivojlantirdi, Quyosh sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida zamonasi uchun dadil fiqolar bayon etdi. Hamma narsa harakatda, uzluksiz rivojlanishda, eru osmonda tabiat qonunlari mavjud deb Billi. Lekin Xudo tabiatda — narsalarning o’zida deb tushundi. Bruno fan uchun kurashdi. Brunoning asosiy asarlari: “G’oyalar soyasi haqida” (1582), “Sabab, ibtido va yakkayu-yagona haqida” (1584), “Cheksizlik, koinot va olamlar haqida” (1584), “Kuldagi ziyofat” (1584), “Pegas sirlari” (1585).